Ozarbayjon-Armaniston chegarasida to‘qnashuv qayd etildi

Ozarbayjon-Armaniston chegarasida kecha, 23-iyul kuni to‘qnashuv qayd etildi.

1679329
Ozarbayjon-Armaniston chegarasida to‘qnashuv qayd etildi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, Armaniston bilan bo‘lgan chegarada to‘qnashuv yuz bergan.

Mudofaa vazirligining bayonotida, chegaraning Kalbajar mintaqasidagi Ozarbayjon mavzelarining Armaniston qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilgani qayd etildi.

Bayonotda, Ozarbayjon armiyasining ham Armaniston qo‘shinlariga javob tariqasida o‘q uzgani va natijada to‘qnashuv kelib chiqqani bildirildi.

Mahalliy vaqt bilan kecha, 23-iyul kuni soat 16:00 chog‘larida ayni yo‘nalishda to‘qnashuvlar qayd etilar ekan natijada, Ozarbayjon armiyasidan bir askar, Armaniston mavzelaridan uzilgan o‘q orqali shahid bo‘lgandi.



Aloqador xabarlar