O‘zbekistonda prezidentlik sayloviga start berildi

O‘zbekistonda prezidentlik sayloviga start berildi va saylov kampaniyasi kecha, 23-iyuldan boshladi.

1679326
O‘zbekistonda prezidentlik sayloviga start berildi

O‘zbekistonda prezidentlik sayloviga start berildi va saylov kampaniyasi kecha, 23-iyuldan boshladi. Saylov esa 24-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev uyushtirgan matbuot anjumanida, komissiyaning, mamlakatdagi prezidentlik saylovining 24-oktabr kuni o‘tkazish haqida qaror qabul qilganini qayd etdi.

Nizomxodjaev saylov kompaniyasining 23-iyuldan boshlaganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Prezident saylovi shu yil 8-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 117-moddasiga kiritilgan o‘zgartishga muvofiq, dekabr oyidan oktyabr oyiga ko‘chirilgandi.

Preziden 5 yil uchun saylangan O‘zbekistonda oxirgi prezidentlik saylovi 2016-yilning dekabr oyida o‘tkazilar ekan, ushbu saylovda 3 raqibi oldida saylovchilarning 88.61 foizining ovozini olish orqali Shavkat Mirziyoyev g‘alabaga erishgandi.


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #prezidentlik saylovi

Aloqador xabarlar