Senat raisi Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekarni qabul qildi

Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva kecha Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekarni qabul qildi.

1674977
Senat raisi Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekarni qabul qildi

Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva kecha Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekarni qabul qildi.

Parlament yuqori palatasidan maʼlum qilinishicha, suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, parlamentlararo hamkorlikni yana-da mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Olgan Bekar O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlarga yuqori baho berdi.

Tomonlar parlamentlararo muloqotni rivojlantirish O‘zbekiston-Turkiya hamkorlik aloqalarini yuqori bosqichga olib chiqishga, xususan, oliy darajadagi tashriflar davomida savdo-iqtisodiy, investitsiaviy va texnologik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Muzokaralar doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar