Turk va Ozarbayjon Qurolli kuchlarining mushtarak harbiy mashqi davom etmoqda

Turk va Ozarbayjon Qurolli kuchlarining “Mustafa Kemal Ataturk – 2021” deb nomlangan mushtarak harbiy mashqi davom etmoqda.

1668770
Turk va Ozarbayjon Qurolli kuchlarining mushtarak harbiy mashqi davom etmoqda

Turk va Ozarbayjon Qurolli kuchlarining Ozarbayjonda uyushtirilgan “Mustafa Kemal Ataturk – 2021” deb nomlangan mushtarak harbiy mashqi davom etmoqda.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra bundan asosiy maqsad; ikkala mamlakat qoʻshinlarining muxoraba harakatlari chogʻidagi birdamligi, qoʻmondonlarning qaror qabul qilish va boshqarish kuchini rivojlantirishdir. Buning uchun turli mashqlardan oʻtilmoqda.

Qoʻshinlar mina joylashtirlgan mudofaa chiziqlaridan yoʻl ochib ortidan, simulyatsiya qilingan dushmanlarga qarshi hujumga qilmoqda.

“Mustafa Kemal Ataturk – 2021” deb nom berilgan mashqda 600 nafar askar, qariyb 40 ta tank va zirxli vosita, 20 ga yaqin toʻp, 7 ta urush va personal vertolyoti bilan 50 ta transport oʻrin olmoqda.



Aloqador xabarlar