Oʻzbekistonga bepul tranzit hujjatlari kvotasi 60 foizga oshdi

Oʻzbekistonga bepul tranzit hujjatlari kvotasi 60 foizga oshirilib, 16 mingga yetdi.

1668743
Oʻzbekistonga bepul tranzit hujjatlari kvotasi 60 foizga oshdi

Transport va infratuzilma vazirligi, yuk tashuvchi mashina haydovchilari tomonidan foydalanilgan Oʻzbekistonga bepul tranzit hujjatlari kvotasining 60 foizga oshirilib, 16 mingga yetganini ma ʻlum qildi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga koʻra, Turkiya-Oʻzbekiston quruqlik transporti boʻyicha aralash komissiyasi yigʻilishi 30-iyun va 1-iyul kunlari Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda boʻlib oʻtgan uchrashuvlar davomida hujjatlarning umumiy kvotasi 37 mingdan 38 mingga oshirildi.

Yigʻilishda 10 mingtani tashkil etgan bepul hujjatlar sonida ham 60 foizlik oʻsish qayd etilib, 16 mingga chiqarildi. Ushbu oʻsish orqali xalqaro avtotransport tarmogʻida har bir sayohat uchun 400 AQSh dollar jami 2,4 million dollarlik tejash imkoniyati yaratiladi.

Yigʻilishda Turkiya va Oʻzbekiston texnik hay’atlari oʻtish hujjatlarining elektronik yoʻllar orqali oʻtkazish boʻyicha yoʻl xaritasi ham belgilab oldi. Turkiya va Oʻzbekiston tashabbusi bilan boshlatilgan ushbu loyiha, xalqaro avtomobil transporti sohasida dunyodagi birinchi elektronik oʻtish hujjati loyihasi hisoblanadi.

Loyiha boʻyicha sinovlarni boshlash ishlari yoz mavsumining oxiriga rejalashtirilmoqda. Elektronik yoʻllar orqali haydovchilarning tranzit hujjatlariga yana da tez va ishonchli yoʻllardan erishishini ta’minlovchi imkonlar berilar ekan, hujjatlarning bosib chiqarilishi va ularni yuborish uchun talab qilingan toʻlovlar ham toʻxtatiladi.

 



Aloqador xabarlar