Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay Samarqand shahriga tashrif buyurdi

Delegatsiya vakillari Samarqand shahridagi diqqatga sazovor maskanlarni, jumladan Ulug’bek Rasadxonasi, Shoxi Zinda, Amir Temur maqbarasi, Abu Mansur Al-Maturidiy maqbarasi, Tillaqori madrasasi, Ulug’bek madrasasi va Registon maydonini ziyorat qildi.

1667253
Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay Samarqand shahriga tashrif buyurdi

 

Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat O'ktay Toshkentdagi rasmiy muzokaralarni yakunlab, tarixiy Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Turkiya delegatsiyasiga O‘zbekiston tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va boshqalar hamrohlik qilmoqda.

Delegatsiya vakillari Samarqand shahridagi diqqatga sazovor maskanlarni, jumladan Ulug’bek Rasadxonasi, Shoxi Zinda, Amir Temur maqbarasi, Abu Mansur Al-Maturidiy maqbarasi, Tillaqori madrasasi, Ulug’bek madrasasi va Registon maydonini ziyorat qildi.

Fuat O’ktay shuningdek, Imom Buxoriy maqbarasi joylashgan maydonda Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ketayotgan qurilish-obodonlashtirish faoliyatlari bilan tanishdi.

Imom Buxoriy maqbarasini hozirgi ko‘rinishi saqlangan holda rekonstruksiya qilish bo’yicha loyiha haqida ma’lumot oldi.

Ma’lumotga ko’ra, yangi loyihada asosan, 8 ming o‘rinli masjid qurilib, majmua atrofida to‘rtta ulkan minora va hozirgi ayvonlarga qo‘shimcha ravishda ichki hamda tashqi ayvonlar barpo etiladi.

Mahalliy va xorijlik ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy mehmonxonalar, xalqaro andozalarga mos keladigan maishiy xizmat va sanitariya-gigiyena shoxobchalari qurilishi ko‘zda tutilgan.

Majmuada qurilish-bunyodkorlik ishlari jarayonida bu yerdagi tarixiy buloq va bir necha yuz yillik chinor daraxtlariga ziyon yetkazilmay, o‘z holida saqlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilishi aytilmoqda.

Qurilish-bunyodkorlik ishlari maxsus tashkil etilgan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tashkil etiladi.

Fuat O’ktay Samarqanddagi Ipak Yo’li Xalqaro turizm universitetida ham bo’ldi va u yerdagi faoliyatlar bilan tanishdi. U shuningdek, universitet qoshidagi Buyuk Ipak yo’li ustidagi turli madaniyatlarga oid an’anaviy liboslar namoyish qilinayotgan muzeyni tomosha qildi.

Turkiya delegatsiya Samarqandga tashrifini yakunlab, tarixiy Buxoro shahriga yo’l oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Samarqand , #Fuat O'ktay , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar