Sadir Japarov Tojikistonda rasmiy marosim bilan kutib olindi

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov amaliy tashrif bilan Tojikistonda.

1666476
Sadir Japarov Tojikistonda rasmiy marosim bilan kutib olindi

Bugun 29 - iyun kuni Dushanbe shahrida Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Raxmonning rasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqida Qirgʻiz Respublikasining Prezidentlik apparati Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga koʻra Prezident Sadir Japarovga hamrohlik qilgan kortej “Millat saroyiga” kelib toʻxtab, uni Tojikiston Prezidenti Imomali Raxmon kutib olgan.

Qayd etilishicha, Faxriy qorovul komandiri raporti ortidan Qirgʻiziston bilan Tojikistonning davlat madhiyalari yangragan. 

Ortidan Sadir Japarov bilan Imomali Raxmon Faxriy qorovul rotasi boʻylab yurib, bir - birlarini oʻz yurtlarining rasmiy hay’ati a’zolari bilan tanishtirgan.

Rasmiy kutib olish marosimi Faxriy qorovul rotasining tantanali marshi ortidan yakun topgan.


Tanlangan kalimalar: #Tojikiston , #Sadir Japarov

Aloqador xabarlar