Bryusselda Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab velotur loyihasi ishlab chiqildi

Bryusselda taniqli niderlandiyalik madaniyat va sanʼat arbobi Burxoniddin Charlak tomonidan, Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab velotur loyihasi ishlab chiqildi.

1662002
Bryusselda Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab velotur loyihasi ishlab chiqildi

Taniqli niderlandiyalik madaniyat va sanʼat arbobi Burxoniddin Charlak O‘zbekiston, Tojikiston va Afg‘oniston hududidan o‘tuvchi marshrut bo‘yicha velotur loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqida “Dunyo” AA ma’lum qildi.

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi maʼlumotiga tayangan ushbu maʼlumotiga ko‘ra, «Rumiy izi» veloturining uzunligi 1,433 kilometrni tashkil etadi va u Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini kesib o‘tadi.

O‘zbekiston hududi orqali taklif etilayotgan marshrut orqali mamlakatning noyob durdonasi bo‘lgan qadimiy Ipak yo‘lida joylashgan shaharlarning, velotur ishtirokchilarida unutilmas taassurot qoldirishi alohida ta’kidlanmoqda.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng yorqin davlatlardan biri ekanini qayd etgan loyiha muallifi Burxoniddin Charlak mavzu haqida bergan  bayonotida, “Albatta, ko‘p odamlar Buyuk ipak yo‘li haqida eshitgan. Lekin Ipak yo‘lida hali ko‘pchilikka nomaʼlum ajoyib, go‘zal shaharlar bor. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlardagi minora va masjidlarning go‘zalligi sizni maftun qiladi. «Rumiy izi» velo-safari davomida siz  jahon madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz”. - degan ifodalarga o‘rin bergan.

Shuningdek velotur ishtirokchilarining noyob soqg‘alar xarid qilish, samimiy va mehmondo‘st savdogarlar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishini ifoda etgan Charlak:

“Velotur ishtirokchilari poytaxt – Toshkentda ham bo‘lib, zamonaviy megopolisning meʼmorchilik durdonalari, go‘zal binolari va metro bekatlaridan biri bilan tanishishi mumkin”. - deydi.



Aloqador xabarlar