Turkiya va O'zbekiston o'rtasidagi manfaatli hamkorlik yanada kengaymoqda

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev va Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondoni armiya generali Arif Chetin o‘rtasida onlayn videomuloqot bo‘lib o‘tdi.

1660569

Uchrashuvda tili, dini, madaniy qadriyatlari bir biriga juda yaqin bo‘lgan davlatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stona aloqalar hozirgi vaqtda strategik sherikchilik munosabatlari darajasida rivojlanib borayotganligi taʼkidlab o‘tildi.

Tadbir davomida Milliy gvardiya va Turkiya Jandarmeriyasi o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish, o‘zaro tajriba almashinuv tadbirlarini tashkil etish, kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarida fikr almashildi.

Samimiy do‘stona muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Aloqador xabarlar