Toshkentda SHHTning 20 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirda vazirlik va idoralar rahbarlari, vakolatli organlar, SHHT MATT Ijroiya qo‘mitasi, xalqaro tashkilotlar, xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

1659091
Toshkentda SHHTning 20 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

 

Kecha, 15 iyun kuni Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MATT)  Ijroiya qo‘mitasida Shanxay hamkorlik tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi deklaratsiya hamda Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Shanxay konvensiyasi qabul qilinganining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur fundamental hujjatlar 21 asr boshida Yevroosiyo markazida xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikka nisbatan yuzaga kelgan yangi tahdidlar munosabati bilan SHHT ta’sischi davlatlari rahbarlari tomonidan imzolangandi.

Ushbu sana SHHTning so‘nggi yigirma yil ichida mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi faoliyati natijalarini sarhisob qilish imkonini beruvchi muhim bosqichdir.

Tadbirda vazirlik va idoralar rahbarlari, vakolatli organlar, SHHT MATT Ijroiya qo‘mitasi, xalqaro tashkilotlar, xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

2001 yil 15 iyun kuni Shanxayda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Xitoy, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolagan edilar.

O‘tgan 20 yil mobaynida SHHT nufuzli xalqaro tuzilmaga va zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimining mas’ul ishtirokchisiga aylandi.



Aloqador xabarlar