Turkiyadagi o‘zbeklarga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatish masalasi muhokama qilindi

Turkiya ichki ishlar vazirligi migratsiya xizmatiga ko‘ra, bugungi kunda Istanbul, Antaliya, Bursa, Anqara va boshqa yirik shaharlarda O‘zbekistonning 60 mingdan ziyod fuqarosi qonuniy asosda istiqomat qilmoqda.

1659086
Turkiyadagi o‘zbeklarga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatish masalasi muhokama qilindi

 

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsuli Amirsaid Aʼzamxo‘jayev Istanbul migratsiya xizmati bo‘limi noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Yunus Emre Ulker va boshqarmaning O’zbekiston fuqarolari bilan ishlash bo‘linmasi rahbari Xayrullox Yildizbakan bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘z vaqtida va sifatli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralarni muhokama qildi. Xususan, muzokaralar chog‘ida konsullik muassasasi hamda Istanbul migratsiya xizmati va deportatsiya markazlari o‘rtasida amaliy hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Deportatsiya markazlarida o’zbek vatandoshlarni ushlab turish sharoitlari, ularning tibbiy va boshqa zarur yordam olishi, shuningdek, yaqin qarindoshlari bilan telefon muloqotlarini tashkil etish va boshqa masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Deportatsiya markazlarida ushlab turilgan va yo‘l chiptalariga ega bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotni o‘z vaqtida taqdim etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Turkiya ichki ishlar vazirligi migratsiya xizmatiga ko‘ra, bugungi kunda Istanbul, Antaliya, Bursa, Anqara va boshqa yirik shaharlarda O‘zbekistonning 60 mingdan ziyod fuqarosi qonuniy asosda istiqomat qilmoqda.

 



Aloqador xabarlar