Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga “Faxriy professor” unvoni taqdim etildi

Anqarada Turkiya Savdo-sanoat palatalari va birjalar ittifoqiga tashrif buyurgan Sadir Japarovga Ittifoq prezidenti va Vasiylik kengashi raisi Rifat Hisarjiklio‘g‘lu tomonidan "faxriy professor" unvoni topshirildi.

1656102
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga “Faxriy professor” unvoni taqdim etildi

 

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga Turkiya Savdo-sanoat palatalari va birjalar ittifoqining Iqtisodiyot va texnologiya universiteti "Faxriy professori" unvoni topshirildi.

Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti rasmiy saytida xabar berildi. 

Ayni vaqtda Prezident Japarovning Turkiyaga ilk rasmiy tashrifi davom etmoqda. Japarov 9 iyun kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan ikki tomonlama uchrashuvlarda qatnashdi.

Shuningdek, Prezidentlar raisligida Qirg‘iziston va Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik Oliy kengashining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Kecha, 10 iyun kuni Sadir Japarov Anqarada Turkiya Savdo-sanoat palatalari va birjalar ittifoqiga tashrif buyurdi va ittifoq faoliyati bilan tanishdi. 

Ittifoq prezidenti va Vasiylik kengashi raisi Rifat Hisarjiklio‘g‘lu Sadir Japarovga "faxriy professor" diplomini va mantiyasini topshirar ekan, Turkiya va Qirg‘iziston o‘rtasida do‘stona ikki tomonlama aloqalar bardavom bo‘lishini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Sadir Japarov bilan ko‘plab masalalarni kelishib olgani, jumladan Qirg‘iziston va Turkiyaga xavf solayotgan Fathulloh Gulen boshchiligidagi FETO terroristik tashkilotiga qarshi kurashda ham hamfikr ekanliklarini bildirgandi. 

 



Aloqador xabarlar