Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan bugun Turkiyaga keladi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Prezident Erdo‘g‘anning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan bugun Turkiyaga keladi.

1654454
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan bugun Turkiyaga keladi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 9 - 11 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi Oliy darajadagi strategik kengashning 5 - yig‘ilishi ertaga poytaxt Anqarada Erdo‘g‘an va Japarov boshchiligida uyushtiriladi.

Tegishli vazirlar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan ushbu Kengash yig‘ilishida ikki tomonlama munosabatlar har jihatdan qo‘lga olinadi va Qirg‘iziston bilan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash uchun tashlanadigan qadamlar baholanadi.

Uchrashuvlar davomida o‘zaro munosabatlardan tashqari mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi ham ko‘zda tutilmoqda.



Aloqador xabarlar