Ozarbayjonlik yana 6 nafar g‘oziy Turkiyada davolanadi

Bugungacha Turkiyada davolangan ozarbayjonlik g‘oziylarning 37 nafari o‘z yurtiga qaytdi.

1654183
Ozarbayjonlik yana 6 nafar g‘oziy Turkiyada davolanadi

Tog‘li Qorabog‘dagi urushda tan jarohati olgan ozarbayjonlik 6 nafar g‘oziy, davolanishi uchun Turkiyaga olib kelindi.

Shahid oilalari va g‘oziylarining muammolarini hal qilish maqsadida Ozarbayjon davlati tomonidan tashkil topgan “Yashat” jamg‘armasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, ozarbayjonlik shifokorlarning fikri inobatga olingan holda, 6 nafar g‘oziyning davolanishi va reabilitatsiya jarayonining Turkiyada davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Bayonotda, “Yashat” jamg‘armasining ehtiyoj tug‘ilgudek bo‘lsa bundan keyin ham og‘ir jarohat olgan g‘oziylarning davolanishi uchun chet elga yuborilishi qayd etildi.

Yuqorida nomi tilga olingan jamg‘arma bugungacha 100 nafar g‘oziyni davolanishi uchun Turkiyaga yubrogandi.

Ulardan 37 nafari davolanib, Ozarbayjonga qaytgan.



Aloqador xabarlar