Turk Havo Yo‘llari Istanbuldan Farg‘onaga ilk parvozini amalga oshirdi

"Turk havo yo‘llari" aviakompaniyasi kecha, 8 iyun kuni Istanbuldan O'zbekistonning Farg‘ona shahriga ilk parvozini amalga oshirdi. Istanbuldan 165 nafar yo‘lovchi bilan Farg‘ona xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan samolyot tantanali ravishda kutib olindi.

1654528
Turk Havo Yo‘llari Istanbuldan Farg‘onaga ilk parvozini amalga oshirdi

 

“Turk havo yo‘llari” aviakompaniyasi kecha, 8 iyun kuni Istanbuldan O'zbekistonning Farg‘ona shahriga ilk parvozini amalga oshirdi. Istanbuldan 165 nafar yo‘lovchi bilan Farg‘ona xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan samolyot tantanali ravishda kutib olindi. 

Farg'ona viloyati hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, Farg‘ona xalqaro aeroporti direktori Timur Xalilov va “Turk havo yo‘llari”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori Selim Qahraman samolyot trapi oldida ramziy lenta qirqqan.

Turk pilotlar hamda ekipaj a'zolari non hamda gullar bilan kutib olingan.

Dunyodagi eng yirik aviakompaniyalardan biri, jahonning 120 dan ziyod davlatlariga, 300dan ortiq aeroportlariga charter va muntazam reyslarni amalga oshirib kelayotgan “Turk havo yo‘llari” samolyotlari haftaning seshanba va juma kunlari Istanbul-Farg‘ona-Istanbul yo‘nalishida qatnovlarni amalga oshirishi belgilangan.

Eslatish joizki, “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2021 yil 15 aprelda Turkiya Respublikasining “Turkish Airlines” aviakompaniyasiga Istanbul-Urganch-Istanbul va Istanbul-Farg‘ona-Istanbul yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgandi.

 



Aloqador xabarlar