Turkiya - Ozarbayjon o‘rtasidagi harbiy muloqat yig‘ilishi Bokuda o‘z ishini boshladi

Turkiya - Ozarbayjon o‘rtasidagi navbatdagi harbiy muloqat yig‘ilishi bugun Bokuda o‘z ishini boshladi.

1651000
Turkiya - Ozarbayjon o‘rtasidagi harbiy muloqat yig‘ilishi Bokuda o‘z ishini boshladi

Turkiya bilan Ozarbayjon o‘rtasida uyushtirilgan navbatdagi Oliy darajali harbiy muloqat yig‘ilishi bugun 3 - iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Bokuda o‘z ishini boshladi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Ozarbayjon Mudofaa vaziri o‘rinbosari general - leytenant Kerim Veliyev bilan Bosh shtabning ikkinchi boshlig‘i general - leytenant Selchuk Bayraktaro‘g‘lu yetakchiligidagi hay’at uchrashgan.

Yig‘ilishda Ozarbayjon - Turkiya o‘rtasidagi xavfsizlik, harbiy, harbiy - texnik, harbiy tibbiyot, harbiy ta’lim, harbiy sanoat va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati muhokama qilinmoqda. Shuningdek, harbiy va mudofaa sohalarida rivojlanish istiqbollari bilan asosiy faoliyat sohalari baholanmoqda.



Aloqador xabarlar