Turkiya va Qozog'iston o‘zaro savdo hajmini 10 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov bilan telefon orqali muloqot qildi.

1650159
Turkiya va Qozog'iston o‘zaro savdo hajmini 10 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

 

Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika hamkorligining joriy masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, turkiyalik eksportyorlar Qozog’istonga o’tishida duch kelayotgan muammolar va ular yuzasidan o‘zaro maqbul yechimlar bo’yicha fikr almashildi.

Shu munosabat bilan, mavjud texnik to‘siqlarni bartaraf etish, savdo tartiblarini soddalashtirish va mahsulotlarning ikki mamlakat bozorlariga qulay kirishini ta'minlash orqali turk va qozoq ishlab chiqaruvchilari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutgan holda, yaqin yillarda ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha amaliy hamkorlik to‘g‘risida kelishib olindi.

Tomonlar ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning jadal o‘sishini ta'minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

“Osiyo guzargohida tijoratimiz uchun muhim tranzit davlat bo’lgan Qozog’iston bilan mavjud muammolarni bartaraf etish bo’yicha yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldik. Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonovning yaqin kunlarda mamlakatimizga tashrifi doirasida, ayniqsa transport va logistika bo’yicha muammolarga maqbul yechimlar topish, erkin hudud va logistika markazlari kabi masalalarda yangi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilamiz”,-deb aytgan Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush.



Aloqador xabarlar