Toshkentda Covid - 19ga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Covid-19ga qarshi kurash bo‘yicha uyushtirilgan birinchi xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tadi.

1648841
Toshkentda Covid - 19ga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 1 - 4 iyun kunlari Toshkentdagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida “Pandemiya davrida sog‘likni saqlash: Covid - 19 ga qarshi kurashda tajriba va yutuqlar” mavzusida Birinchi Xalqaro ilmiy anjuman (onlayn shaklda) bo‘lib o‘tadi. Bu haqida anjumanni tashkil etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni Saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlikning qayd etishicha ushbu anjuman davomida butun dunyo bo‘ylab Covid - 19 ga qarshi sog‘likni saqlash sohasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha munozaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Unda O‘zbekiston, Yevropa, AQSh, Osiyo, Rossiya va boshqa mamlakatlarning yetakchi mutaxassislari ishtirok etadi.

Anjumanni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Covid - 19 bo‘yicha yangi bilimlar almashivu va orttirilgan tajriba bilan o‘rtoqlashish shuningdek, keng tarqalgan muammolarni muhokama etish - emlash, diagnostika, davolash, reabilitatsiya va o‘lim holatlarini kamaytirish sohasida umumiy yondashuvlarni izlashdir.

 

 



Aloqador xabarlar