Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi

1639481
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Bugun 14 - may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.   

Ushbu ma’lumotga ko‘ra O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Davlat rahbari ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va qat’iy sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro hamkorlikda erishilgan hozirgi yuksak darajani katta mamnuniyat bilan qayd etgan.

Qohir Rasulzoda O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Uchrashuvda savdo, mashinasozlik, energetika, qazib olish sanoati, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, transport, turizm va sog‘liqni saqlash sohalaridagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotlar hamda madaniy - gumanitar almashinuv dasturlari davom ettiriladi.

Tojikiston Bosh vaziri ikki davlat rahbarlarining bo‘lajak sammitiga birgalikda har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishga, shuningdek, birodar mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni mustahkamlashga bor kuch - g‘ayratini qaratishini ta’kidlagan.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar