O‘zbekiston Afg‘onistonda e’lon qilingan uch kunlik sulhni olqishladi

O‘zbekiston Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonda e’lon qilingan uch kunlik sulhni olqishladi.

1638424
O‘zbekiston Afg‘onistonda e’lon qilingan uch kunlik sulhni olqishladi

O‘zbekiston muqaddas Ramazon hayiti – Iyd al - Fitr bayrami munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishladi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotda:

“Umid qilamizki, ushbu muborak kunlarda kurashayotgan taraflar tomonidan o‘t ochishningto‘xtalishi Afg‘onistonda siyosiy tinchlik jarayonini ilgari surish bo‘yicha zarur shart - sharoit - larni yaratadi.

O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini kelgusi - da ham rivojlantirish hamda mustahkamlash, mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinch -likni o‘rnatish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tinch va farovon Afg‘onistonni bunyod etishda keng ko‘lamli yordam berishga qat’iy sodiqligini yana bir bor bildiradi”. - degan ifodalarga o‘rin berilgan.


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #Afg‘oniston , #sulh

Aloqador xabarlar