Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasidagi oxirgi vaziyat

Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasidagi to‘qnashuvda halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar bor.

1631192
Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasidagi oxirgi vaziyat

Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasida joylashgan “Bosh” suv taqsimlash punktidagi suv taqsimotini nazorat qilish istagi yuzasidan kelib chiqan qurolli to‘qnashuvda har ikki tomondan 6 kishi halok bo‘ldi va 115 kishi tan jarohati oldi.

Qirg‘iziston mahalliy axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra to‘qnashuvda Qirg‘iziston fuqarosi 3 kishi halok bo‘lar ekan 84 kishi tan jarohati olgan.

Tojikiston axborot manbaalarida qayd etilishicha Tijikiston fuqarosi 3 kishi halok bo‘lar ekan, 31 kishi tan jarohati olgan.

Hozirda amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘lgan Qirg‘iziston Bosh vaziri Ulukbek Maripov bilan Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda uchrahsuv o‘tkazib, chegaradagi to‘qnashuvning muzokara yo‘li orqali tezlik bilan to‘xtatilishi uchun tayyor ekanliklarini bayon etdilar.

Undan tashqari Qirg‘istondagi mahalliy axborot manbaalari qirg‘iz - tojik chegarasida mahalliy vaqt bilan kecha kechqurun soat 23:45 da oq ovozlarining to‘xtaganini ma’lum qildi.

Qirg‘iziston va Tojikiston Tashqi Ishlar vazirlari kecha mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan e’tiboran mintaqada oq uzishni to‘liq to‘xtatish va harbiy kuchlarning eski joylariga chekinishi borasida kelishib olgandi.  

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida suv taqsimlash punktidagi suv taqsimotini nazorat qilish istagi yuzasidan 28 - aprel kuni boshlagan taranglik ertasi kuni 29 - aprelda, ikkala mamlakat xalqining bir - birini toshbo‘ron qilishi bilan davom etdi.

Ikkala mamlakatning chegara qo‘shinlarining aralashuvi oqibatida janjal to‘qnashuvga aylanib, mintaqaga har ikki tomondan ham zirxli vositalar orqali askar joylashtirildi.  

To‘qnashuv yuz bergan mintaqaga yaqin qishloqlarda bolalar va ayollar xavfsiz hududga ko‘chirildi.

Ijtimoiy tarmoqda o‘rin olgan tasvirlar, qaysi tomonga oid ekani noma’lum bir necha uyga ot qo‘yib yuborilganidan xabar bermoqda. 



Aloqador xabarlar