O'zbekiston va Turkiy Kengash o'rtasida turizm bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

Bugun 28-aprel kuni O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash, TTDK) kotibiyati bilan videokonferensiya formatida maslahatlashuvlar o‘tkazdi.

1630229

TTDK Kotibiyatining xabar berishicha, uchrashuvda O'zbekiston Turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov, Turkiy Kengash Bosh kotibining o‘rinbosari Mirvohid Azimov va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan Turkiy Kengashning norasmiy onlayn-sammitida bildirgan turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarini amaliy amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, a’zo davlatlar hududlarida joylashgan muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishni tashkil etishga qaratilgan “Tabarruk ziyorat” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilab olindi.

Tomonlar joriy yilda Turkiy kengash turizm vazirlarining oltinchi uchrashuvini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalarni ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, TTDK doirasidagi turizm sohasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalari, jumladan, "Zamonaviy ipak yo‘li" qo‘shma turizm loyihasini ilgari surish, turkiy dunyo sayyohlik yo‘nalishlarining raqamli xaritasini yaratish va Turizm ta’limi bo‘yicha muvofiqlashtirish qo‘mitasini shakllantirish bo‘yicha fikr almashdi.

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiy Kengash

Aloqador xabarlar