O'zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining 50 ming dozasi olib kelindi

Bugun, 27-aprel kuni, O’zbekiston poytaxti Toshkent shahriga Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi ikkinchi komponentining 50 ming dozasi keltirildi.

1629181

Bu haqda Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, 28-apreldan respublikada aholini “Sputnik V” vaksinasining birinchi dozasi bilan emlash boshlanadi.

“Umid qilamizki, bu Oʻzbekistonga epidemiyani tezroq yengishiga, karantin cheklovlarini bekor qilishiga va odatiy hayotga qaytishiga yordam beradi”, - deyilgan elchixona xabarida.

Eslatib oʻtamiz, 23-aprel kuni Oʻzbekistonga "Sputnik V" vakt-sinasining dastlabki partiyasi olib kelingandi.

Oʻzbekiston Rossiyadan 1 mln doza vaksina xarid qilishni rejalashtirgan. Bu bilan 500 ming nafar aholini toʻliq emlash koʻzda tutilgan.

Yaqin kunlarda O‘zbekistonga o‘zbek-xitoy ZF-UZ-VAC2001 va AstraZeneca vaksinalarining qo‘shimcha dozalari yetkazib berilishi kutilayotgani ma'lum qilingan.

Tanlangan kalimalar: #vaksina , #Sputnik V , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar