O'zbekistonda “Tashkent Law Spring” II xalqaro forum o‘z ishini boshladi
Forum yangicha, ya’ni gibrid formatda, chet ellik mehmonlarning masofaviy va milliy ekspertlarning bevosita ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Bugun Toshkentda “Tashkent Law Spring” II xalqaro huquqiy forumi o‘z ishini boshladi.
Forum yangicha, ya’ni gibrid formatda, chet ellik mehmonlarning masofaviy va milliy ekspertlarning bevosita ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Asosiy mavzu - Huquq 4.0. (To‘rtinchi sanoat inqilobi sharoitida huquqning ko‘rinishi).
Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov kirish so‘zi bilan ishtirok etdi. U pandemiya sharoitida huquqshunoslar zimmasiga huquqiy institutlar va vositalarni yangi muhitga moslashtirishdek muhim vazifalar yuklanganini aytib o‘tdi.
“2019 yildagi I forumda men bo‘lajak munosabatlarni 10-15 yil ilgariroq prognoz qilish orqali ularga tegishli mexanizmlarni oldindan formulalar yaratishni tavsiya qilgandim. Lekin pandemiyaning bu darajada global bo‘lishi va insoniyatni o‘zgartirib yuborishi hech kimning tushiga ham kirmagan edi. Barcha soha xodimlari bunday global muammoga tayyor emasligi yaqqol ko‘zga tashlandi va inson prognozlari tabiat va borliqning rejalari oldida hech narsa emasligi bilinib qoldi”, - dedi adliya vaziri.
“Tashkent Law Spring” II xalqaro huquqiy forumi zamonaviy tendensiyalarni muhokama qilish va huquqni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha noyob maydoncha hisoblanadi.
Forumda 25 dan ortiq mamlakat va 20 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etmoqda.
Xalqaro yuridik forumni quyidagi havolalar orqali onlayn shaklda kuzatib borish mumkin:
“Amir Temur” zali, International Hotel Tashkent;
Aloqador xabarlar
Mirziyoyev Qozog‘iston yetakchisi va xalqiga hamdardlik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev bilan Qasim - Jo‘mart To‘qayev telefon orqali muloqot qildi.
Qirg‘izistonda Imomidin Tashov qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda hukumatni ag‘darishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilingan Tashov qo‘lga olindi.