MDH PAning 2022 yildagi majlisi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi rahbari Tanzila Norboyeva MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining majlisida ishtirok etdi.

1622823
MDH PAning 2022 yildagi majlisi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

 

O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi rahbari Tanzila Norboyeva MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining majlisida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Oliy Majlis Senati Axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, majlisda Assambleya faoliyatiga oid qator masalalar, shu jumladan, tashkilotning 2020 yildagi faoliyati natijalari ko‘rib chiqildi.

Ishtirokchilar MDH Hukumat rahbarlari kengashining 2020 yil 6 noyabrdagi va MDH Davlat rahbarlari kengashining 2020 yil 18 dekabrdagi qarorlari to‘g‘risidagi axborotni eshitdi. Mazkur axborot MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev tomonidan taqdim etildi.

Shuningdek, Kengash a’zolari 2021 yil 27-28 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan IX Neva xalqaro ekologik kongressi va 2021 yil 13-15 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan uchinchi Yevroosiyo ayollar forumiga tayyorgarlik borishini muhokama qildi. Parlament a’zolari joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan saylov kampaniyalarini kuzatish natijalarini va boshqa qator masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Bundan tashqari, Assambleya huzuridagi Iqtisodiyot bo‘yicha ekspert kengashining faoliyati, Hamdo‘stlikni 2030 yilgacha iqtisodiy rivojlantirish Strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar ko‘rib chiqildi.

MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini, aniqrog‘i MDHning yubiley sammitini Minskda o‘tkazish rejalashtirilgani ta’kidlandi. 2022 yil noyabr oyida esa MDH PA majlisini O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib olindi.



Aloqador xabarlar