TÜRKSOY Xivani Yevropaga tanitmoqda

Yevropaning madaniy poytaxti Riekada TÜRKSOY tomonidan, “Xivadan olingan ta’surotlar” deb nomlangan forosurat ko‘rgazmasi ochildi.

1621521
TÜRKSOY Xivani Yevropaga tanitmoqda
TÜRKSOY Hive 2.jpg
TÜRKSOY Hive 3.jpg

Turk xalqlarining boy madaniyatini butun dunyoga tanitishni ko‘zlagan faoliyatlarini davom ettirgan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TÜRKSOYning, “Xivadan olingan ta’surotlar” deb nomlangan forosurat ko‘rgazmasi, 2020 - yili Yevropa madaniyatining poytaxti deb e’lon qilingan Xorvatiyaning Rieka shahrida ochildi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasining Madaniyat vazirligi rasmiy veb - sayti ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotda Madaniyat vazirligi avvalom bor Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TÜRKSOY tomonidan Xivaning 2020 - yilda Turk madaniyati poytaxti deb e’lon qilingani lekin pandemiya sababli tashkilot tomonidan belgilangan dasturlarni to‘liq o‘tkazish imkoni bo‘lmaganini qayd etgan. Shu bois Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti delegatsiyasi a’zolarining Xorvatiyaga bo‘lgan ikki kunlik tashrifi doirasida “Xivadan olingan ta’surotlar” deb nomlangan ko‘rgazma uyushtirilgan. Unda Xiva madaniyati, san’ati, urf - odatlari, an’analari, tarixiy yodgorliklari va jahon sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan buyuk allomalari haqidagi ma’lumotlar aks ettirilgan.

Delegatsiya a’zolari Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TÜRKSOY Bosh kotibi Dusen Qaseinov, O‘zbekiston respublikasi Madaniyat vazirligi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Shokrukh Akbarov, Qozog‘iston Respublikasining Xorvatiyadagi elchixonasi maslahatchisi Tleuzhan Seksenbay, TÜRKSOYning Bolqon mintaqasi bo‘yicha loyiha koordinatori Fatih Aliyenilardan iborat.

Delegatsiya a’zolarining amaliy tashrifi davom etmoqda.

 



Aloqador xabarlar