Qirg‘izistonda yangi konstitutsiya loyihasi qo‘llab - quvvatlandi

Qirg‘izistonda yangi konstitutsiya loyihasi xalq tomonidan qo‘llab - quvvatlandi.

1619367
Qirg‘izistonda yangi konstitutsiya loyihasi qo‘llab - quvvatlandi

Qirg‘iziston xalqi mamlakat yetakchiligi tartibiga tubdan o‘zgartirish kiritishni ko‘zda tutgan yangi konstitutsiya loyihasi va mahalliy saylovlar uchun ovoz berdi. Ilk natijalarga ko‘ra unda ishtirok etgan saylovchilarning 79.1 foizi yangi tizimni qo‘llab - quvvatladi.

Ovoz berishda saylovchilarning 30.89 foizi ishtirok etdi.

Qariyb 6 million aholi soniga ega bo‘lgan mamlakatda 3 million 600 ming saylovchidan 1 million 25 ming nafari ovoz berdi.

Ilk natijalarga ko‘ra yangi prezidentlik tizimiga o‘tishni tasdiqlagan konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni saylovchilarning 79.1 foizi qo‘llab - quvvatladi.

Referendumning tasdiqlanishi uchun taqozo etilgan 50 foizlik chegara qayd etildi.



Aloqador xabarlar