Turkiya bilan O‘zbekiston savdo hajmini 5 milliard dollar saviyasiga chiqarishni rejalashtirmoqda

Savdo vaziri Ruxsar Pekjan O‘zbekistonda.

1617287
Turkiya bilan O‘zbekiston savdo hajmini 5 milliard dollar saviyasiga chiqarishni rejalashtirmoqda
Ruhsar Pekcan Özbekistan 1.jpg
Ruhsar Pekcan Özbekistan 2.jpg
Ruhsar Pekcan Özbekistan 3

Savdo vaziri Ruxsar Pekjan, O‘zbekiston bilan savdo hajmini ikkala tomonni ham yutuqqa erishtiruvchi muvozanatli savdo orqali 5 milliard AQSh dollari saviyasiga chiqarish niyatida ekanliklarini qayd etdi.

Pekjan O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi doirasida Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha o’rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida Pekjan, O‘zbekistonda ekanidan hursand ekanini qayd etgan holda, davlat rahbarlari saviyasidagi munosabatlar doxil ikkala mamlakat o‘rtasida madaniy, tarixiy va qardoshlik munosabatlariga tayangan strategik hamkorlik borligini ifoda etdi.

O‘tgan 2020 - yilning iyul oyida ikkala mamalakt o‘rtasidagi savdo aloqalarini qo‘lga olish imkonini topganliklarini yodga solgan Pekjan, bu tashrif orqali esa munosabatlarni yana - da rivojlantirish imkoniga ega bo‘lishlarini ta’kidladi.

O‘zbekistonga oliy darajali hay’at bilan tashrif uyushtirganini yetkazgan Pekjan, “Maqsadimiz, o‘zaro iqtisodiy aloqalarimizni mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik va do‘stlik munosabatlariga yarashgan saviyaga olib chiqishdir. Ikkala mamlakat o‘rtasida 2 milliard AQSh dollari saviyasida muvozanatli savdo hajmi bor. Buni Prezidentlarimiz ham ko‘zda tutgan 5 milliard AQSh dollari saviyasiga olib chiqish va ikkala tomonni ham yutuqqa erishtiruvchi muvozanatli savdo hajmidir”. - dedi.

Umurzaqov esa Turk hay’atini O‘zbekistonda ko‘rib turganidan judayam hursand ekanini qayd etgan holda, “Bu uchrashuvlar natijasida ikkala mamlakatning iqtisodiy aloqalarini qo‘lga olish bilan birga, mavjud muammolarni hal qilishimizga va munosabatlarimizni yangi saviyaga olib chiqishimizga ishonchim komil”. - deya gapirdi.

Ruxsar Pekjan O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi mobaynida O‘zbekiston -  Turkiya davra suhbari yig‘ilishida ishtirok etadi. Shuningdek, O‘zbekiston Davlat Bojxona qo‘mitasi raisi Murodjon Azimov bilan uchrashadi.


Tanlangan kalimalar: #Ruxsar Pekjan , #O‘zbekiston

Aloqador xabarlar