Sadir Japarov:"Turkiy Kengash jahonda tan olingan muhim integratsiya maydoniga aylandi"

Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining videoanjuman shaklida bo’lib o‘tgan norasmiy sammitida nutq so’zladi.

1612587
Sadir Japarov:"Turkiy Kengash jahonda tan olingan muhim integratsiya maydoniga aylandi"

 

Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining videoanjuman shaklida bo’lib o‘tgan norasmiy sammitida nutq so’zladi.

Prezident o’z nutqida, Qirg’iziston Turkiy Kengashning nomini Turkiy Davlatlar Tashkiloti sifatida o'zgartirishni to'liq qo'llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

“Hozirda Turkiy Kengash dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan turkiy integratsiya uchun eng muhim va obro‘li platformaga aylandi”, -deydi Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov.

Prezidentning ta’kidlashicha, hozirgi kunda barcha mamlakatlar koronavirus pandemiyasi oqibatlarini boshidan kechirmoqda. Japarov shu munosabat bilan Turkiy Kengashga a’zo davlatlarning rahbarlarini birlashishga chaqirdi.

Davlat rahbari Turkiy kengashning tashkilot platformasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ijtimoiy masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan ishtirokchi mamlakatlarning ko‘p tomonlama munosabatlarini yaqinlashtirish va yaxshilash jarayonida muhim ro’l o’ynaganligini ta’kidladi.

Shuningdek, u hozirgi iqtisodiy inqiroz sharoitida Turkiy kengash a’zolari bir-birini qo‘llab-quvvatlab, ko‘p tomonlama loyihalarni amalga oshirib, mavjud qiyinchiliklarni yengib chiqishiga umid bildirdi.

Sadir Japarov turkiy dunyoning investitsiya jamg‘armasini yaratishni ana shunday muhim loyihalardan biri deb atadi va ushbu moliya institutining bosh ofisi uchun Bishkekdan joy ajratishga tayyorligini bildirdi.

“Jamg‘arma Turkiy kengash mamlakatlaridagi biznes loyihalarni moliyalashtirishning qo‘shimcha manbai bo‘lib xizmat qiladi, tadbirkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shadi va kichik va o‘rta-biznesni moliyaviy manbalar bilan ta’minlaydi. Jamg‘arma faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali biz turkiy davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarda yangi sahifani ochamiz”, -deydi Japarov.

Sadir Japarov fondning tashkil etilishi bilan mamlakatlar o‘rtasidagi investitsiya muhiti yaxshilanishiga va shu bilan birga munosabatlarni mustahkamlash uchun iqtisodiy rag‘bat yaratilishiga ishonch bildirdi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar