Shavkat Mirziyoyev «Navro‘z» bayrami arafasida 140 mahbusni kechirdi

O‘zbekistonda Prezident tomonidan milliy va diniy bayramlar munosabati bilan «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni» kechirish e’lon qilinmoqda.

1605137
Shavkat Mirziyoyev «Navro‘z» bayrami arafasida 140 mahbusni kechirdi

O‘zbekistonda «Navro‘z» umumxalq bayrami arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘l qo‘yilgan qarornoma asosida 140 mahbus kechirildi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Mirziyoyev, «Navro‘z» bayramiga xos ezgulik, bag‘rikenglik, insonparvarlik, mehr - oqibat va kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarining yorqin ifodasi sifatida «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni kechirish to‘g‘risida»gi qarornomaga qo‘l qo‘ygan.

Ushbu qarornomaga ko‘ra jami 140 mahbusdan 73 nafari jazodan ozod etilar ekan 67 nafarining jazo muddati qisqartirilgan.

Kechirilganlarning 14 nafarini taqiqlangan tashkilotlar a’zosi, 9 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 13 nafarini ayol va 12 nafarini esa chet el fuqarosi tashkil etadi.

Qarornoma ijrosi yuzasidan kechirilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

O‘zbekistonda Prezident tomonidan milliy va diniy bayramlar munosabati bilan «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni» kechirish e’lon qilinmoqda.  

 



Aloqador xabarlar