Turkiston Xalqaro aeroportidan birinchi chet el qatnovi, Istanbul yo‘nalishida amalga oshiriladi

Turkiston shahri, Turk dunyosi geografiyasining qoq markazida joylashgan.

1595732
Turkiston Xalqaro aeroportidan birinchi chet el qatnovi, Istanbul yo‘nalishida amalga oshiriladi

Qozog‘istonning Turkiston shahrida o‘tgan yilning 1 - dekabri kuni xizmatga ochilgan Turkiston Xalqaro aeroportidan birinchi chet el qatnovi, 21- mart kuni Istanbul yo‘nalishida amalga oshiriladi.  

Qozog‘iston Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Turkiston Xalqaro aeroportining birinchi chet el qatnovlari uchun chipta sotish ishlarining boshlagani ma’lum qilindi.

Bayonotda, 2020 - yilning 1 - dekabri kuni xizmatga ochilgan aeroportdan birinchi chet el qatnovining 21 - mart kuni Turkiya yo‘nalishida amalga oshirilishi qayd etildi.

Turkiston - Istanbul - Turkiston yo‘nalishida yo‘lga qo‘yiladigan birinchi xalqaro qatnovning Fly Arystan havo yo‘li shirkati tomonidan amalga oshirilishi ifoda etilgan bayonotda,

“Eng avvalo haftada 2, keyinchalik esa nomi tilga olingan yo‘nalishda qatnovlar soni haftada 7 ga chiqariladi”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

 



Aloqador xabarlar