Turkiyaning O'zbekistondagi elchisi mamlakatdagi xizmat muddatini yakunladi

Favqulodda va muxtor elchi Mehmet Surayyo Er O'zbekistondagi faoliyati davomida Turkiya va O’zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilganligini va bunda elchixonadagi barcha xodimlarning hissasi beqiyos ekanligini ta’kidladi.

1592812
Turkiyaning O'zbekistondagi elchisi mamlakatdagi xizmat muddatini yakunladi

 

Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Surayyo Erning mamlakatdagi xizmat muddati yakunlandi.

Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi Turkiya elchixonasi bog'ida xayrlashuv tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda elchixona xodimlari va mamlakatdagi turk muassasalari vakillari ishtirok etishdi.

Mehmet Surayyo Er o'z nutqida O'zbekistondagi faoliyati davomida Turkiya va O’zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilganligini va bunda elchixonadagi barcha xodimlarning hissasi beqiyos ekanligini ta’kidladi.

Mehmet Surayyo Er ikki yil davomida elchixonada o’zi bilan birga mehnat qilgan barcha xodimlarga minnatdorlik bildirib, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib o’tamiz,  Mehmet Surayyo Er 2019 yil yanvar oyida Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat boshlagandi.

Avvalroq, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy kengashi ikki davlat o'rtasida ta'lim va ilmiy sohalardagi aloqalarning rivojlanishiga qo'shgan hissalari uchun Favqulodda va muxtor elchi Mehmet Surayyo Er janoblarini Faxriy doktor unvoni bilan taqdirlash to'g'risida qaror qabul qilgandi.

Bu qarorga binoan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etilgan marosimda universitet rektori proffessor Shuhrat Sirojiddinov elchiga Faxriy doktor unvonini taqdim etgandi.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya , #Mehmet Surayyo Er

Aloqador xabarlar