Aliyev, Armanistonning 10 - noyabrdagi shartnomaga amal qilishidan umidvorligini bildirdi
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armanistonning 10 - noyabrdagi shartnomaga amal qilishidan umidvorligini bildirdi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armanistonning 10 - noyabrdagi shartnomaga amal qilishidan umidvorligini bildirdi.
Matbuot anjumani uyushtirgan Aliyev, Tog‘li Qorabog‘dagi o‘q uzishni to‘xtatgan 10 - noyabrdagi shartnoma haqida:
“Muhoraba natijalari o‘zgarmaydi va bayonotning yirik qismi ijro etildi. Armanistonda yuz bergan vaziyatga qaramay jarayon davom etmoqda. Aks holda yana - da yomonlashadi. Ya’ni, haqiqat bilan yuzlashishga majbur”.- dedi.
Armanistondagi to‘ntarish tashabbusi haqidagi jarayonni ham baholagan Aliyev,
“Namoyishlar Armaniston hukumatini ancha larzaga soldi. Armanistonda buhronli vaziyat davom etmoqda. Prinsipial jihatdan hech qaysi davlatning ichki ishlariga aralashmayapmiz” - dedi.
Bu vaziyat javobgarlarining amaldagi hukumat ekaniga e’tibor qaratgan Prezident Aliyev,
“Armaniston bugungi kunda og‘ir vaziyatda. Buning sababi hozirgi va oldingi yetakchilikdir. Armanistonning bu holga kelishining sababi ishg‘olchi siyosat olib borilishidir”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Aloqador xabarlar

Qorabog‘dagi urush jinoyatlarini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzildi
Armanistonning Qorabog‘ ishg‘olidagi urush jinoyatlarini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzildi.

Ozarbayjonlik 12 nafar g‘oziy Turkiyada davolanadi
Tog‘li Qorabog‘ urushida tan jarohati olgan ozarbayjonlik 12 nafar g‘oziy Turkiyada davolanadi.