Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Jo Baydenga tabrik yo'lladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jo Baydenni prezidentlik lavozimini bajarishga kirishgani munosabati bilan tabrikladi. Unga o’ta mashaqqatli lavozimida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

1568683
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Jo Baydenga tabrik yo'lladi

 

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining yangi prezidenti Jo Baydenni tabrikladi. 

Bu haqda O’zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jo Baydenga prezidentlik lavozimini bajarishga kirishgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Unga o’ta mashaqqatli lavozimida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Ta’kidlash joizki, kecha, 20 yanvar kuni Vashingtonda AQShning 46-prezidenti Jo Bayden qasamyod qildi. U bilan birga Kamala Harris mamlakat tarixidagi ilk vitse-prezident ayol sifatida lavozimga kirishdi.

Jo Bayden lavozimni bajarishga kirishishi bilanoq prezidentligining ilk kuni 17ta farmonni imzoladi.

AQShni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga va Iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga qaytaruvchi farmonlar shular jumlasidandir.



Aloqador xabarlar