Turk kengashi “Qora yanvar” voqealari qurbonlarini yodga oldi

“Tarixda “Qora yanvar” deb bilingan 20 yanvar qatliomiga 31 yil to’lganligi munosabati bilan vatan uchun jon bergan Ozarbayjon qahramonlarini hurmat bilan yodga olamiz. Ularning aziz xotiralariga hurmat bajo keltiramiz!”,-dedi Turk kengashi twitter’da.

1567235
Turk kengashi “Qora yanvar” voqealari qurbonlarini yodga oldi

 

Turk kengashi Ozarbayjon tarixidagi “Qora yanvar” voqealari qurbonlarini yodga oldi.

Shuningdek, twitter orqali “Qora yanvar” voqealari qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

“Turk kengashi sifatida tarixda “Qora yanvar” deb bilingan 20 yanvar qatliomiga 31 yil to’lganligi munosabati bilan vatan uchun jon bergan Ozarbayjon qahramonlarini hurmat bilan yodga olamiz. Ularning aziz xotiralariga hurmat bajo keltiramiz!”,-deyiladi Turk kengashining twitter’dagi sahifasida.

Eslatish joizki, 1990 yil 19-yanvardan 20-yanvarga o‘tar kechasi Armanistonning yer talashlariga va Sovet Ittifoqining tazyiqlariga qarshi bosh ko’tarish maqsadida minglab ozarbayjonliklar Bakuning Ozodlik maydonida miting o’tkazadi. Natijada, 20 yanvar kuni Sovet Ittifoqi qo’shin bo’linmalarining 26 ming askari mitingga chek qo’yish maqsadida Bakuga bostirib kiradi va tinch aholiga hujum qila boshlaydi. Hujumlarda 147 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgan. Halok bo‘lganlar orasida ayollar, bolalar va qariyalar, shuningdek, tez yordam xizmatchilari va militsiya xodimlari ham bo’lgan. Yuzlab inson tan jarohati olgan. Voqealar natijasida ko’plab ozarbayjonlik bedarak yo’qolgan. Noqonuniy ravishda hibsga olishlar boshlangan.
Sovet qo‘shinlarining maxsus tayinlangan bo’linmalarining Bakuni zabt etishi zulm va misli ko‘rilmagan vahshiylik sifatida baholanadi.
Davrning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyev 1990-yil yanvarda Ozarbayjon ozodligi yo‘lida shahid bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish maqsadida “20 Yanvar shahidi” faxriy nomining ta’sis etilishi haqida farmon bergan.

Shuningdek, 20-yanvar hodisalarida shahid bo‘lganlarning, bedarak yo‘qolganlarning oilalariga va nogiron shaxslarga bir million Ozarbayjon manati mablag‘ida bir martalik yordam berilgan.


Tanlangan kalimalar: #Qora yanvar , #Ozarbayjon , #Turk kengashi

Aloqador xabarlar