Qozog‘istonda yangi hukumat to‘liq tashkil topdi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim - Jo‘mart Toqayev, mamlakatda yangi hukumatning tashkil topishi haqidagi qarornomani tasdiqladi.

1566317
Qozog‘istonda yangi hukumat to‘liq tashkil topdi

Qozog‘istonda 10 - yanvarda bo‘lib o‘tgan parlament saylovi ortidan Asqar Mamin yetakchiligidagi yangi hukumatning tashkil topishi haqida qaror qabul qilindi.

Qozog‘iston Prezidenti Qosim - Jo‘mart Toqayev, mamlakatda yangi hukumatning tashkil topishi haqidagi qarornomani tasdiqladi.

Ushbu qarornomaga ko‘ra 10 - yanvarda bo‘lib o‘tgan parlament saylovi ortidan mamlakatda yangi tashkil topgan hukumatda Asqar Mamin takror Bosh vazirlik vazifasini bajaradi.

Alihan Smailov, Roman Sklyar va Yerali Tugjanov takror bosh vazir o‘rinbosarlari deb tayin qilingan hukumatda, Muhtar Tileuberdi bir vaqtning o‘zida ham bosh vazir o‘rinbosari ham da tashqi ishlar vaziri vazifasini yuritadi.

Qozog‘iston Milliy Iqtisodiyoti vazirligiga Aset Irgaliyev tayin qilinar ekan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi boshiga Serik Shapkenov olib kelindi.  

Hukumat tarkibida o‘z o‘rnida qolgan 16 vazir esa quyidagicha:

“Tashqi Ishlar vaziri Muhtar Tileuberdi, Ichki Ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev, Mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev, Energetika vaziri Nurlan Nogayev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Aida Balayeva, Qishloq xo‘jaligi vaziri Saparhan Omarov, Adliya vaziri Marat Beketayev, Ta’lim - tarbiya vaziri Ashat Aymagambetov, Sog‘likni saqlash vaziri Aleksey Tsoy, Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Beybit Atamkulov, Moliya vaziri Yerulan Jamaubayev, Madaniyat va sport ishlari bo‘yicha vazir Aktotu Raimkulova, Savdo va integratsiya vaziri Baqit Sultanov, Raqamli rivojlanish, innovatsiya va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin, Atrof - muhit va tabiiy manbaalar vaziri Magzum Mirzagaliyev, Favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilyin”.

Qozog‘iston hukumati 15 - yanvardagi saylov ortidan yangi hukumatning tashkil etilishi uchun iste’foga chiqqandi.



Aloqador xabarlar