Turk kompaniyasi O’zbekistonda yirik diagnostika markazini quradi

O’zbekistonning Namangan viloyatida Turkiyaning “Kanimed Saglik Cozumleri” kompaniyasi tomonidan "Zamonaviy diagnostika markazi" tashkil etiladi.

1565807
Turk kompaniyasi O’zbekistonda yirik diagnostika markazini quradi

    

O’zbekistonning Namangan viloyatida Turkiyaning “Kanimed Saglik Cozumleri” kompaniyasi tomonidan "Zamonaviy diagnostika markazi" tashkil etiladi.

Kuni kecha “Kanimed Saglik Cozumleri” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Filiz Erdog‘an Marashlioglu bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Ma’lumotga ko‘ra, Turk kompaniyasi Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida "Zamonaviy diagnostika markazini tashkil etish" loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshirish uchun tumanning “Chek” mahallasi hududidan 0,2 gektar yer maydoni ajratib berildi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 5 million dollarga teng. Markazda eng zamonaviy tibbiyot anjomlari yordamida 200 dan ortiq tibbiy tahlil namunalari olinishi ko‘zda tutilmoqda. Yuqori malakali turk shifokorlari taklif etilishidan tashqari mahalliy kadrlar uchun 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Hozirgi kunda O’zbekistonning Surxondaryo viloyatida ham ushbu turk kompaniyasining diagnostika markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kelgusida Toshkent va Andijonda ham ana shunday markazlarni ochish rejalashtirilgan.

Namangan Viloyati hokimi muloqot davomida "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb eʼlon qilingan joriy yilda bu kabi loyihalarning ahamiyati yuqori ekanligini taʼkidlab, ularning amalga oshirilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini bildirdi.

Ta’kidlash joizki, "Kanimed Saglik Cozumleri" kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Filiz Erdog‘an Marashlioglu  O’zbekiston davlat rahbarining tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan 1-darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlangan.

 



Aloqador xabarlar