Aytmatov asarlari eng ko‘p Turkiyada chop etilib, Turkiyada o‘qilmoqda

Dasturimizning bugungi sonida Bishkekda uyushtirilgan navbatdagi (4) Issik - ko‘l forumi haqida so‘z qilamiz. (Yevroosiyo kun tartibi – 52)

1552453
Aytmatov asarlari eng ko‘p Turkiyada chop etilib, Turkiyada o‘qilmoqda

Taniqli yozuvchi Ching‘iz Aytmatovning 12 - dekabrdagi tug‘ilgan kuni munosabati bilan Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda 11 - dekabr kuni “Davlat va jamiyat arbobi Ching‘iz Aytmatov” degan nom ostida navbatdagi (4) Issiq - ko‘l forumining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi himoyasida uyushtirilgan nomi tilga olingan forum Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning videomurojati bilan boshladi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an unda Ching‘iz Aytmatovning Qirg‘izistonni, qirg‘izlar va qirg‘iz madaniyatini butun dunyoga tanitganini ta’kidladi.  

Sharq va g‘arb o‘rtasidagi Anado‘lu madaniyat loyihalari platformasi va Ching‘iz Aytmatov nomidagi xalqaro Issiq - ko‘l forumi jamiyati hamkorligida uyushtirilgan tadbirning ochilish marosimida Tashqi Ishlar vaziri, Turkiya va Qirg‘iziston Madaniyat vaziri o‘rinbosarlari, Maorif fondi rahbari, elchilar, deputatlar, rektorlar, munitsipalitet rahbarlari, Aytmatovning oilasi, adabiyotchilar, olim, san’at, siyosat va ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdilar. Forumda so‘zga chiqqanlar taniqli yozuvchining turli jihatlari haqida so‘z qildilar.

Birinchi majlis yakunida Issiq - ko‘l forumi nomining “Ching‘iz Aytmatov Xalqaro Issiq - ko‘l forumi” deb o‘zgartirilishi haqida qaror qabul qilindi. Forumning ikkinchi va uchinchi majlislari kelasi 2021 - yilning 9 - 10 iyuni kunlari Anqarada bo‘lib o‘tmoqchi.

Bishkekda uyushtirilgan forumda Ching‘iz Aytmatov asarlarining eng ko‘p Turkiyada chop etilayotgani va o‘qilayotgani qayd etildi. Oldindan bu borada Germaniya yetakchi o‘rinda edi. Ching‘iz Aytmatov asarlarini Turkiyada yigirmadan ortiq nashriyot - matbaa ijodiy uyi chop etmoqda. Turkiyada Ching‘iz Aytmatov va uning asarlari haqida tayyorlangan dissertatsiyalar soni esa 40 dan ortiq. Kastamonu universitetidagi tadqiqot markazlaridan biriga ham yozuvchinig nomi berilgan va markaz bugungi kunda ham o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Turkiyaning Anqara va Yozgat shaharlarida yozuvchining byusti, Istanbulda haykali o‘rnatildi. Turkiyaning yetti shahri shu jumladan Anqara, Antaliya, Elazig‘, Eskishahar, Istanbul, Kayseri va Ko‘jaelida uning nomi berilgan istirohat bog‘lari bor. Turk dunyosining mushtarak qadriyati bo‘lgan Ching‘iz Aytmatovga Turkiya Respublikasining e’tiborsiz qolmasligi alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan 2021 - yili Anqarada uyushtiriladigan Issiq - ko‘l forumining eng oliy darajada o‘tishiga ishonchimiz komil.     

Ching‘iz Aytmatovning insoniyatning umumiy qadriyati ekani yildan - yilga, takror va takror isbotlanmoqda. Bu yilning 8 - 10 dekabri kunlari Moskva va Bishkek shaharlarida Ching‘iz Aytmatov va XXI asr yoshlari degan nom ostida keng ko‘lamli boshqa forum ham uyushtirildi. 12 - dekabr kuni esa Ching‘iz Aytmatovning tug‘ilgan kuni Qirg‘izistonda va dunyoning o‘nlab davlatida turli tadbirlar ostida nishonlandi. Turkiyaning turli shaharlarida uni yodga olish dasturlari uyushtirildi. Aytmatovning tug‘ilgan kuni bo‘lgan 12 - dekabr kuni Qirg‘izistonda “Adabiyot kuni” sifatida ham nishonlanmoqda.  

1986 - yilning oktabr oyida uyushtirilgan birinchi Issiq - ko‘l forumi, qutblashgan sharq va g‘arbni bir - biriga yaqinlashtirgandi. Bundan buyon uyushtiriladigan Issiq - ko‘l forumi ham, insoniyat tarixining eng dolzarb masalalari bilan shular haqidagi ko‘z qarashlarning bemalol, erkin ravishda kun tartibiga olib chiqilish va muammolarni hal qilish platformasi bo‘lish yo‘lida davom etadi.

 



Aloqador xabarlar