Armanlar Fuzuliy shahridagi tarixiy va madaniy meroslarni yo’q qilgan

Xalqaro turk madaniyati va merosi jamg’armasi rahbari Gunay Efendiyeva bosib olgan Ozarbayjon shaharlarini xonavayron qilgan Armanistonga e’tiroz bildirib, xalqaro jamoatchilikni bunga ko’z yummaslikka chaqirdi.

1535327

Gunay Efendiyeva ishg’oldan ozod qilingan Fuzuliy shahrida bo’lganligini va shaharning harobaga aylanganligini ko’rib achinganligini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, armanlar bosib olgan Fuzuliy shahrida barcha ob’yektlar buzilgan, shaharda birgina sog’lom bino qolmagan. Hatto tarixiy va madaniy meroslar yo’q qilingan.

“Fuzuliyda dahshatli manzarani guvohi bo’ldik. Shahardagi tarixiy yodgorliklar, jome’-masjidlar, maqbaralar, karvonsaroylar va binolar vayron qilingan. Jahon hamjamiyati ushbu meros qatliomiga ko’z yummasligi kerak. Huquqiy jihatdan e’tibor qaratishi zarur”,-deb aytgan Gunay Efendiyeva.

Eslatish joizki, 27 yildan buyon Armaniston ishg’oli ostida bo’lgan Fuzuliy shahri 17 oktyabrda dushman qo’lidan ozod qilingandi.

Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Fuzuliy , #Armaniston

Aloqador xabarlar