Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ag'dam shahriga keldi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston ishg’olidan ozod qilingan hududlardagi barcha tarixiy asarlarni himoya ostiga olganligini ma’lum qildi.

1533552
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ag'dam shahriga keldi

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston ishg’olidan ozod qilingan hududlardagi barcha tarixiy asarlarni himoya ostiga olganligini ma’lum qildi.

Aliyev turmush o’rtog’I Mehribon Aliyeva bilan birga Ag’damn shahriga keldi. U yerda buzilmay qolgan birgina tarixiy masjidda tekshiruv o’tkazdi.

Prezidentninbg ta’kidlashicha, Ag’dam shahrining vayron bo’lganligini ko’rish uning uchun juda og’riqli.

Aliyev urushda Ozarbayjonga birinchilardan bo’lib yordam bergan davlat Turkiya ekanligini, ayniqsa president Rajap Tayyip Erdo’g’an shaxsan katta yordam ko’rsatganligini ta’kidladi.

Aliyev ishg’oldan ozod qilingan hududlardagi hristian obidalari taqdiri nima bo’lishi haqida bosh qotirgan g’arb davlatlari xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

“Hech kimning, ayniqsa islomofobiyani avj oldirgan g’arb davlatlarining xavotirlanishiga hojat yo’q. Ular muqaddas islom qadriyatlarini ko’rmaslikka olmoqdalar, hatto bunga qo’l urganlarni haqli deb topmoqdalar. Ularning gapirishga ham haqqi yo’q. Hududlarimizdagi tarixiy obidalar bizning tarixiy asarlarimizdir”,-deb aytgan Aliyev.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ilhom Aliyev , #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar