Ekspertlar Tog’li Qorabog’da Armanistonga qarshi dalil to'plamoqda

Ozarbayjonning Tog’li Qorabog’ hududida Armaniston qo’shini tomonidan sodir etilgan inson huquqlarini poymol qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat nazorati tashkiloti tomonidan hisobot tayyorlandi.

1533337
Ekspertlar Tog’li Qorabog’da Armanistonga qarshi dalil to'plamoqda

 

Ozarbayjonning Tog’li Qorabog’ hududida Armaniston qo’shini tomonidan sodir etilgan inson huquqlarini poymol qilish holatlari aniqlandi.

Bu haqda Davlat nazorati tashkiloti tomonidan hisobot tayyorlandi.

Mazkur hisobotda Armaniston qo’shinining Ozarbayjon hududlarida urush jinoyati sodir etganligi qayd etildi. Hisobot shu haftadan boshlab Turkiya va dunyodagi tegishli tashkilotlarga, qolaversa Yevroittifoq davlatlari parlamentlarining inson huquqlari bo’yicha komissiyalariga yuboriladi.

Davlat nazorati tashkilotidan ekspert Sheref Malkoch hisobotni tayyorlash jarayonida Ozarbayjonda bo’ldi. U Armaniston qo’shini hujumlarida zarar ko’rgan tinch aholi punktlarida tekshiruv o’tkazdi.

Uning ta’kidlashicha, Armaniston hujumlari oqibatida ozarbayjonlik 94 nafar tinch aholi halok bo’lgan, 414 kishi jarohatlangan.

“Armaniston qo’shinining hujumlari oqibatida halok bo’lgan tinch aholi vakillarining fotosuratlarini va qayerda halok bo’lganligini birma-bir tekshirdik”,-deb aytgan ekspert Sheref Malkoch.

Uning ta’kidlashicha, bu hisobot xalqaro sudda dalil sifatida qo’llaniladi.

Hisobotda qaydga olingan ma’lumotlarga ko’ra, hujumlarda 3410ta uy, 120ta ko’p qavatli bino va 512ta muassasa vayron bo’lgan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tog'li Qorabog' , #Ozarbayjon , #Armaniston

Aloqador xabarlar