O‘zbekiston Qirg‘izistonga tibbiyot konteynerlarini yubordi

O‘zbekiston 18-noyabr kuni Qirg‘izistonga navbatdagi gumanitar yordamni — 200 koyka-o‘ringa mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarini yubordi.

1533314
O‘zbekiston Qirg‘izistonga tibbiyot konteynerlarini yubordi

 

O‘zbekiston 18-noyabr kuni Qirg‘izistonga navbatdagi gumanitar yordamni — 200 koyka-o‘ringa mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarini yubordi.

Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.

Konteynerlardan yuqumli kasalliklar shifoxonasini qurishda foydalaniladi. Ta’kidlanishicha, yaqin vaqtlar ichida Qirg‘izistonga shu kabi konstruksiyalarning yana bir partiyasini jo‘natish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq, O‘zbekiston Qirg‘izistonga tibbiyot vositalari va 3 ming tonna bug‘doy yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Xusniddin Xasilovning ma’lum qilishicha, Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonlik shifokorlarni ham yuborish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14-noyabr kuni O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Sadir Japarov bilan trategik sheriklik munosabatlarini muhokama qilgandi. Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qirg‘izistonning barqaror rivojlanish yo‘lidagi intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlab o'tgandi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Qirg‘izistonga  shu yilning  aprelmayiyul oylarida ham insonparvarlik yordami yuborgandi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati Qirg‘izistonning Botken viloyatiga insonparvarlik yordami yuborgandi. Avgust oyida esa O‘zbekiston Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordami yuborgandi.



Aloqador xabarlar