Ozarbayjon qo'shini Armaniston ishg'oli ostida bo'lgan Ag'dam shahriga kirdi

"Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya o'rtasida imzolangan kelishuvga muvofiq, Ozarbayjon qo'shini Ag'dam shahriga kirdi",-deyiladi bayonotda.

1531088
Ozarbayjon qo'shini Armaniston ishg'oli ostida bo'lgan Ag'dam shahriga kirdi

 

Ozarbayjon qo'shini 27 yildan beri Armaniston ishg'oli ostida bo'lgan Ag'dam shahriga kirdi.

Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligi bayonot berdi.

"Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya o'rtasida imzolangan kelishuvga muvofiq, Ozarbayjon qo'shini Ag'dam shahriga kirdi",-deyiladi bayonotda.

Eslatish joizki, Tog'li Qorabog'dagi Ag'dam shahrining taxminan 77 foizlik qismi 1993 yili Armaniston qo'shini tomonidan bosib olingandi. Ishg'ol sababli taxminan 200 ming Ozarbayjon aholisi o'z vatanini tark etishga majbur bo'lgandi.

Ishg'ol davrida armanlar tomonidan talon-taroj qilingan Ag'dam shahar markazi va qishloqlarining aksariyati kimsasiz harobaga aylangandi.

Eslatma: Ozarbayjon qo’shini 27 sentyabrda boshlangan Tog’li Qorabog’dagi janglarda shu kungacha 5ta shahar markazi, 4 shaharcha va 286ta qishloq bilan ba’zi strategik tepaliklarni ishg’oldan ozod qilgandi. So'ngra, Armaniston mag'lubiyatini tan olgandi va Tog'li Qorabog'nin bir qismini, jumladan Ag'dam, Lochin va Kalbajar shaharlarini qaytarib berishi to'g'risidagi kelishuvga imzo chekkandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ag'dam , #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar