Armaniston Tog’li Qorabog’da mag’lubiyatini tan oldi

“Rossiya va Ozarbayjon prezidentlari bilan Qorabog‘ urushini 10 noyabr kuni soat 01:00 da to‘xtatish bo’yicha bayonotni imzoladim. E'lon qilingan bayonotning matni shaxsan men uchun va xalqimiz uchun nihoyatda og‘riqli",-deb ma’lum qilgan Nikol Pashinyan.

1524998
Armaniston Tog’li Qorabog’da mag’lubiyatini tan oldi

 

Armaniston Tog’li Qorabog’da mag’lubiyatini tan oldi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar to‘xtatilishi haqida Facebookdagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

“Rossiya va Ozarbayjon prezidentlari bilan Qorabog‘ urushini 10 noyabr kuni soat 01:00 da to‘xtatish bo’yicha bayonotni imzoladim. E'lon qilingan bayonotning matni shaxsan men uchun va xalqimiz uchun nihoyatda og‘riqli. Bu qarorni harbiy vaziyatni chuqur tahlil qilib va undan yaxshi xabardor bo‘lgan odamlarning baholashlariga ko‘ra qabul qildim”,-deb ma’lum qilganNikol Pashinyan.

Xalqning noroziligiga to’xtalgan Pashinyan: “Xalqni isyonga chorlagan barcha qonun oldida javob beradi”,-dedi.

Pashinyanning so‘zlari Armaniston poytaxti Yerevanda norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi. Bir necha yuzlab namoyishchilar hukumat binosi yaqinidagi markaziy maydonga yig‘ildi. Namoyishchilar hukumat binosiga bostirib kirib, majlislar zalini egallab olishdi va bosh vazir Pashinyanga qarshi hayqirishdi.

Parlament kursisiga chiqqan ba’zi namoyishchilar Qorabog’dagi to’qnashuvlarni davom ettirishga da’vat qildi.


Tanlangan kalimalar: #Nikol Pashinyan , #Ozarbayjon , #Armaniston

Aloqador xabarlar