O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi.

1519232
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga hamdardlik bildirdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiyaning Izmir viloyatiga qarashli Seferixisar tumanidagi dengiz qirg‘og‘idan uzoq nuqtada yuz bergan 6.6 magnitudali yer silkinishi munosabati bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi.

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb – sayti ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Prezident Shavkat Mirziyoyev zilzilada halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlarning tez fursatlarda shifo topishini tilagan.


Tanlangan kalimalar: #Izmir , #Shavkat Mirziyoyev , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar