Armaniston qo’shini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini takror buzdi

“Armaniston qo’shini mahalliy vaqt bilan soat 08:05da o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzib, ishg’ol ostidagi Lochin tumaniga qarashli “Lochin Safiyan” qishlog’idagi Ozarbayjon qo’shini pozitsiyasini artilleriyadan o’qqa tutdi”,-deyiladi bayonotda.

1515812
Armaniston qo’shini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini takror buzdi

 

Armaniston qo’shini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini takror buzib, Ozarbayjon qo’shiniga va Tartar tumanidagi tinch aholi punktlariga o’t ochdi.

Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Armaniston qo’shini mahalliy vaqt bilan soat 08:05da o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzib, ishg’ol ostidagi Lochin tumaniga qarashli “Lochin Safiyan” qishlog’idagi Ozarbayjon qo’shini pozitsiyasini artilleriyadan o’qqa tutdi”,-deyiladi bayonotda.

Ozarbayjon mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Ozarbayjon qo’shini front chizig’i bo’ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qat’iyan amal qilmoqda.

Ozarbayjon vitse-prezidenti Xikmat Xojiyev ham Armaniston qo’shini 08:04dan boshlab Tartar tumani va unga qarashli qishloqlarni artilleriyadan o’qqa tutganligini ma’lum qildi.

Eslatib o’tamiz, AQSh Davlat departamenti Ozarbayjon bilan Armaniston Tog’li Qorabog’da navbatdagi o’t ochishni to’xtatish bo’yicha kelishib olganligini ma’lum qilgandi.

Bu bugun mahalliy vaqt bilan soat 08:00da rasman kuchga kirgandi.

Ushbu kelishuv Ozarbayjon bilan Armaniston o’rtasidagi yarashuvga uchinchi urinish edi. Avvalgi ikkita kelishuv ham o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirishidan bir soat ham o‘tmay buzilgandi.



Aloqador xabarlar