Qirg‘izistonda prezidentlik va parlament saylovi kelasi yilga qoldirildi

Jog‘orqu kenesh kecha oqshom prezidentlik va parlament saylovining keyingiga qoldirilishi haqidagi qonun loyihasini qabul qildi

1514346
Qirg‘izistonda prezidentlik va parlament saylovi kelasi yilga qoldirildi

Qirg‘izistonda prezidentlik va parlament saylovining konstitutsiyaviy islohotlardan keyin o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilindi.

Jog‘orqu kenesh kecha oqshom prezidentlik va parlament saylovining keyingiga qoldirilishi haqidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Mavjud 6 siyosiy partiya tomonidan qo‘llab – quvvatlangan ushbu qonun loyihasiga ko‘ra parlament saylovi konstitutsiyaviy islohotlar ortidan eng kech, 2021 – yilning 1 – iyunida o‘tkazilishini ko‘zda tutmoqda. 

Markaziy Saylov komissiyasi, 4 – oktabr kuni bo‘lib o‘tgan umumiy saylov natijalarining bekor qilinishi ortidan, konstitutsiya talab qilgan vaqt mobaynida yangi saylov kunini “20 – dekabr” deb e’lon qilgandi.

Qirg‘izistonda 5 – 6 oktabr kunlari yuz bergan norozichilik namoyishi chog‘ida qamoqxonadan chiqarilgan Milliyatchi Ota yurt partiyasining sobiq deputati Japarov, bosh vazirlik bilan birga, prezident Sooronbay Jeenbekovning iste’foga chiqishi ortidan, bu vazifani ham o‘z zimmasiga olgandi.

 



Aloqador xabarlar