Ilhom Aliyev:"Tog'li Qorabog'da yana 20ta qishloq ozod qilindi"

Ozarbayjon qo’shini Tog’li Qorabog’dagi janglarda shu kungacha 3ta shahar markazi, 2 shaharcha va 112ta qishloq bilan ba’zi strategik tepaliklarni ishg’oldan ozod qildi.

1514824
Ilhom Aliyev:"Tog'li Qorabog'da yana 20ta qishloq ozod qilindi"

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev yana 20ta qishloq va 1ta shaharcha Armaniston ishg’olidan ozod qilinganligini ma’lum qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Ozarbayjon-Eron chegara zonasida bosib olingan hududlarda ham nazorat butunlay Ozarbayjon qo’shiniga o’tgan.

“Qahramon Ozarbayjon qo’shini Fuzuliy tumaniga qarashli Mullavali, Yuqori Rafidinli va Quyi Rafidinli; Jabroyil tumaniga qarashli Sirik, Shihlar, Mestelibeyli va Derzili qishloqlarini ozod qildi. Yashasin Ozarbayjon qo’shini. Tog’li Qorabog’ Ozarbayjonnikidir!”,-dedi Ilhom Aliyev twitterda.

Bundan tashqari, Zengilon tumaniga qarashli Kollukishloq, Malatkeshin, Kend Zengilon, Genlik, Velikulubeyli, Qoradara, Cho’pedara, Tatar, Tiri, Amirxonli, Karkulu, Bartaz, Dellekli qishloqlari bilan Ag’bend shaharchasi Armaniston ishg’olidan ozod qilingan.

Eslatma: Ozarbayjon qo’shini Tog’li Qorabog’dagi janglarda shu kungacha 3ta shahar markazi, 2 shaharcha va 112ta qishloq bilan ba’zi strategik tepaliklarni ishg’oldan ozod qildi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon , #Ilhom Aliyev

Aloqador xabarlar