Ozarbayjon Armaniston pozitsiyalariga og'ir zarba berdi

Ozarbayjon mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, tuni bilan Ag'dara, Fuzuliy, Gadrit, Jabroyil va Gubadli territoriyasida keskinlik davom etdi.

1514435
Ozarbayjon Armaniston pozitsiyalariga og'ir zarba berdi

 

Ozarbayjon qo'shini ishg'ol ostidagi hududlarini qutqarish uchun jangovar harakatlarni davom ettirmoqda.

Ozarbayjon mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, tuni bilan Ag'dara, Fuzuliy, Gadrit, Jabroyil va Gubadli territoriyasida keskinlik davom etdi.

Ozarbayjon qo'shini pozitsiyalariga artilleriyadan o't ochgan Armaniston qo'shinining Fuzuliy, Jabroyil va Gubadli territoriyalaridagi pozitsiyalariga zarba berildi.

Ozarbayjon qo'shini ushbu territoriyalardagi strategik tepaliklar nazoratini qo'lga oldi.
Frontning butun chizig'i bo'ylab Armaniston pozitsiyalariga og'ir zarba berildi. Natijada, Armaniston qo'shini harbiy texnika, qurol-aslaha, o'q-dori va yegulik jihatidan qiyin ahvolda ekanli qayd etildi.

Frontning butun chizig'i bo'ylab to'qnashuvlar davom etayotganligi, janglarda Ozarbayjon qo'shinining ustun ekanligi ma'lum qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar