Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan xalqni frontda jang qilishga chaqirdi

“Diplomatik chora topilgunicha, barcha vatandoshlarimizni qo’liga qurol olib jang qilishga chaqiraman. Tog’li Qorabog’dagi barcha arman tadbirkorlar va talabalar Tog’li Qorabog’ga qaytib, qo’shin safiga yozilishi zarur”,-deb aytgan Armaniston bosh vaziri.

1513618
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan xalqni frontda jang qilishga chaqirdi

 

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan fuqarolarni frontda jang qilishga chaqirib, Tog’li Qorabog’ muammosini aynan shu bosqichda diplomatik yo’l bilan hal qilib bo’lmasligini ilgari surdi.

U facebook orqali Tog’li Qorabog’dagi vaziyat, shuningdek, Ozarbayjon qo’shinining ko’plab qishloqlarni ishg’oldan ozod qilganiga doir ma’lumot berdi.

Tog’li Qorabog’ muammosini aynan shu bosqichda diplomatik yo’l bilan hal qilib bo’lmasligini tilga olgan Pashinyan: “Uzoq vaqt diplomatik chora topilmasligini idrok qilishimiz zarur”,-dedi.

U Armaniston qo’shinida yuzaga kelgan katta yo’qotishlar tufayli arman xalqini ommaviy fronga chorladi.

“Diplomatik chora topilgunicha, barcha vatandoshlarimizni qo’liga qurol olib jang qilishga chaqiraman. Tog’li Qorabog’dagi barcha arman tadbirkorlar va talabalar Tog’li Qorabog’ga qaytib, qo’shin safiga yozilishi zarur”,-deb aytgan Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan.

Ozarbayjon qo’shini bosib olingan hududlarini ozod qilish uchun 27 sentyabrda harbiy operatsiya boshladi. Shu kungacha 3ta shahar va 100dan ortiq aholi punkti ishg’oldan ozod qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Nikol Pashinyan , #Ozarbayjon , #Armaniston

Aloqador xabarlar